O‘zbekistonlik mehnat migrantlarining birinchi guruhi Bolgariyaga yetib keldi

© NUZUzbekskie trudovie migranti v Bolgarii
Uzbekskie trudovie migranti v Bolgarii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik mehnat migrantlari Bolgariyaning eng katta qandolat fabrikasida mehnat qilishadi.

TOShKENT, 12 dek – Sputnik. 10-dekabr kuni o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining birinchi guruhi Sofiya shahriga yetib keldi, deb xabar qilmoqda Nuz.uz nashri.

O‘zbekistonlik mehnat migrantlari Bolgariyada eng katta bo‘lgan “SI Commercial 7” qandolat fabrikasida mehnat qilishadi. O‘zbekistonlik ishchilar ushbu uzoq yurtdan ish topishiga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Bolgariyaning “Excellence Solutions Group” kompaniyalari orasida imzolangan shartnoma sabab bo‘ldi.

© Novosti UzbekistanaV Bolgariyu pribila pervaya ofitsialnaya gruppa trudovix migrantov iz Uzbekistana
O‘zbekistonlik mehnat migrantlarining birinchi guruhi Bolgariyaga yetib keldi - Sputnik O‘zbekiston
V Bolgariyu pribila pervaya ofitsialnaya gruppa trudovix migrantov iz Uzbekistana

Ishchi yollovchi kompaniya direktori Renata Kruz o‘zbekistonlik migrantlar Bolgariya fabrikasida o‘zlarining “mehnatsevarliklarini, ozodaliklarini va ishchanliklarini” namoyish qilishlariga umid qilmoqda.

Shu bilan birga Bolgariya kompaniyasi O‘zbekiston Mehnat vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga o‘zbekistonlik ishchilarning hujjatlarini rasmiylashtirishda  va Yevropa qonunchiligiga muvofiqlashtirishda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0