Valyuta ayirboshlash shoxobchalarida video kuzatuv kameralari o‘rnatiladi

© REUTERS / Mukhammadsharif MamatkulovJenshina schitayet banknoti posle obmena valyuti v filiale Natsionalnogo banka Uzbekistana v Tashkente
Jenshina schitayet banknoti posle obmena valyuti v filiale Natsionalnogo banka Uzbekistana v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi.

TOShKENT, 12 dek – Sputnik. Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Proverka dollarov na podlinnost - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda dollar kursi pasaydi

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, valyuta ayirboshlash shoxobchasi endilikda video kuzatuv kameralari bilan ham jihozlanadi.

Shuningdek, 09002-son shakldagi ma’lumotnomaning (jismoniy shaxslardan chet el valyutasini valyuta ayirboshlash shoxobchasi tomonidan sotib olinganligini tasdiqlaydigan hujjat) bir nusxasi jismoniy shaxsga beriladi, ikkinchi nusxasi kunlik hujjatlarga tikib qo‘yiladi.

Bundan tashqari, endilikda valyuta ayirboshlash shoxobchasining xodimi o‘zi qabul qilgan banknotani haqiqiyligi hamda muomalaga yaroqliligi uchun javobgardir.

Yangiliklar lentasi
0