Markaziy bank oltin va kumush tangalar narxini oshirdi

© Sputnik / Ilya PitalevZagotovki dlya chekanki monet
Zagotovki dlya chekanki monet  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
11 dekabr holatiga Respublika banklarida 738 dona oltin va 2920 dona kumush tangalar qolgan. 

TOShKENT, 12 dek - Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki esdalik oltin va kumush tangalar sotuv narxini oshirdi va tangalar qoldig‘ini ma’lum qildi.

12 dekabr holatiga 1 dona oltin tanga narxi 12,9 mln so‘m, 1 dona kumush tanga narxi 243 ming so‘m miqdorida belgilandi.

Ma’lumot uchun, oltin va kumush tangalar narxi, LBMA (London qimmatbaho metallar assotsiatsiyasi) tomonidan kundalik belgilanadgan narxidan kelib chiqqan holda so‘mning AQSh dollariga nisbatan kursiga muvofiq belgilanadi.

Markaziy Bank xabariga ko‘ra, 11-dekabr holatiga hududlardagi tijorat banklarida 738 dona oltin va 2920 dona kumush tangalar qolgan. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Markaziy banki 30-noyabr kuni donasi 12,7 mln so‘m bo‘lgan 1900 ta oltin va donasi 236 ming so‘mdan bo‘lgan 6900 ta kumush esdalik tangalarini savdoga chiqargan edi. 

Yangiliklar lentasi
0