Bulung‘urda 14 ta oilaviy bog‘chalar ruxsatnoma oldi

V Bulungure 14 domashnix detskix sadov poluchili litsenzii
V Bulungure 14 domashnix detskix sadov poluchili litsenzii  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bulung‘ur tumanida 14ta oilaviy bog‘chalarga faoliyat olib borish ruxsatnomalari topshirildi

TOShKENT, 12 dek – Sputnik. Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida 14 ta oilaviy maktabgacha ta’lim muassasalari ruxsatnoma oldi, deb xabar qilmoqda viloyat Maktabgacha Ta’lim boshqarmasi.

“Tuman hokimi B.Baxromov Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan tadbirkor o‘rtasida imzolangan bitim asosida 14 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlariga muassasa faoliyatini olib borish uchun ruxsatnomalarni tantanali ravishda topshirdi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 2018-yil 30-iyulda “Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari hamda oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati bo‘yicha ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 595-sonli qarorni qabul qilgan edi. Unga ko‘ra O‘zbekistonda xususiy, xususiy va davlat sherikligida bog‘chalar faoliyatini yo‘lga qo‘yishni nazarda tutgan.  

Yangiliklar lentasi
0