IIBB Yunusobodda topib olingan qizaloqning ota-onasini qidirmoqda

© GUVDGUVD ishet roditeley poterannoy devochki
GUVD ishet roditeley poterannoy devochki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yunusobodning 11 kvartalidan topib olingan, 4 yoshli Isayeva Lida Tulkinovnaning qarindoshlari qidirilmoqda.

TOShKENT, 12 dek - Sputnik. Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Yunusobod tumanilda topib olingan qizaloqning qarindoshlarini qidirmoqda, deb xabar qildi muassasa matbuot xizmati.

Yunusobod tumani IIO FMB profilaktika inspektori 9-dekabr kuni Yunusobod tumani 11-kvartal 3-uy oldida yonida taxminan 4 yoshli qizchani topib oldi. Topilgan qiz o‘zini Isayeva Lida Tulkinovna deb tanishtirdi. Qarindoshlari va turar joyi haqida ma’lumot bera olmadi.

Politsiya Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Peterburgda qo‘lga olindi

Hozirgi vaqtda Lida Toshkent shahar IIBB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilgan.

Lidaning belgilari: bo‘yi 85-90 sm., sochlari yorqin, uzunligi yelkasigacha, ko‘zlari qora, chap ko‘zi qiyaroq. Egnida ko‘k rangli djinsilik kurtka, qora etik va qizil bosh kiyim kiygan.

Qizchaning qarindosh va yaqinlari, shuningdek uni taniganlarni Toshkent shahar IIBB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga 71-231-87-56 raqami yoki 102 orqali Lidaning ota-onasi yoki boshqa qarindoshlari haqida ma’lumot berishlari mumkin. 

Markaz manzili: Toshkent sh. Yunusobod tumani, Xushnavo ko‘chasi, 102.

Yangiliklar lentasi
0