Toshkentda prokuratura va bojxona xizmati press tur tashkil qildi

© Gosudarstvenniy tamojenniy komitetPress-tur v Tashkente
Press-tur v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan soliq va bojxona islohotlari borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tadbirkorlik subyektlari hamda ommaviy axborot vositalarini yaqindan tanishtirish maqsadida ochiq muloqot va press tur tashkil etildi.

TOShKENT, 12 dek – Sputnik. Toshkent shahar prokuraturasi va Toshkent shahar bojxona boshqarmasi ommaviy axborot vositalari uchun ochiq muloqot va press tur tashkil etdi, deb xabar berildi O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi saytida.

Sotrudniki tamojni Tashkentskoy oblasti obnarujili dva gazovix pistoleta PM49  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar kontrabandasi aniqlandi

Tadbir O‘zbekiston prezidentining joriy yil 2-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan soliq va bojxona islohotlarini huquqiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tadbirkorlik subyektlari hamda ommaviy axborot vositalarini yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan.

“Ta’kidlash joizki, joriy yilda mamlakatimizda bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish, bojxona nazoratining zamonaviy shakl va usullarini joriy etish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Tadbir davomida jurnalistlar dastlab Toshkent viloyati Zangiota tumanida tashkil qilingan “Highway Logistics Center” transport logistika markazida tadbirkorlar ishtirokida o‘tkazilgan  ochiq muloqotga bevosita guvoh bo‘lishdi. Shundan so‘ng, jurnalistlar markaz faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

2019 yil yanvar oyidan qator tovarlar eksportiga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilinadi. Mahsulotni bojxona rasmiylashtiruvi 3 soatdan oshmaydi.

Yangiliklar lentasi
0