Bloomberg rivojlanayotgan davlatlarning yangi reytingini tuzdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishKonsert v chest Dnya Rossii na Krasnoy ploshadi
Konsert v chest Dnya Rossii na Krasnoy ploshadi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Reytingni tuzishda 2018 va 2019-yillardagi yalpi ichki mahsulot o‘sish ko‘rsatgichi, suveren kredit reytingi, valyuta zaxiralari, aksiyalar va obligatsiyalar bozori holati inobatga olingan.

TOShKENT, 11 dek - Sputnik. Bloomberg agentligi iqtisodiy rivojlanayotgan davlatlarning yangi reytingini e’lon qildi. Unda Rossiya ikkinchi o‘rinni egalladi, deb xabar qildi RIA Novosti Bloomberg nashriga asosan.

Reytingning 1-o‘rnini 2,55 ball bilan Malayziya saqlab qolgan. Rossiya 2,36 ball bilan reytingning 2-pog‘onasidan o‘rin olgan. Yetakchi uchtalikni Xitoy 1,39 ball bilan yakunlagan.

Keyingi o‘rinlarni Filippin (4), Kolumbiya (5), Tailand (6), Polsha (7), Meksika (8), Chili (9) va Janubiy Koreya (10) band etgan. Yarim yil avval Rossiyadan ikki pog‘ona yuqorida bo‘lib, 5-o‘rinni egallagan Turkiya reytingning oxirgi - 20-o‘rniga tushib ketgan. Bu eng yomon ko‘rsatgich ekanligi qayd etilgan.

Reytingni tuzishda 2018 va 2019-yillardagi yalpi ichki mahsulot o‘sish ko‘rsatgichi, suveren kredit reytingi, valyuta zaxiralari, aksiyalar va obligatsiyalar bozori holati inobatga olingan.

Yangiliklar lentasi
0