TOShKENT, 11 dek - Sputnik. Muxlislar Osiyo Kubogida O‘zbekiston terma jamoasi uchun shior tanlashdi, deb xabar qildi O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi.
Mazkur musobaqa davomida har bir milliy terma jamoa uchun alohida avtobus ajratilib, ushbu avtobusga terma jamoa shiori yozib qo‘yiladi.
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi rasmiy saytida barcha terma jamoalarning Osiyo Kubogidagi shiori uchun ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tgandi. O‘zbekiston terma jamoasi uchun 3 ta shior varianti taqdim etilgandi:
“Kuch birlikda” — "Force in unity", “Bitta Osiyo. Bitta jamoa. Bitta orzu” – “One ASIA. One team. One dream”, “Biz shu yerdamiz. O‘zbekiston” – “Here we are. Uzbekistan”.
Ovoz berish yakunida “Biz shu yerdamiz. O‘zbekiston” – “Here we are. Uzbekistan” shiori g‘olib chiqdi. Endilikda ushbu shior Osiyo Kubogi davomida O‘zbekiston terma jamoasini olib yuradigan avtobusda aks etadi.
#AsianCup2019 team bus slogans for Group F: 🇯🇵 🇺🇿 🇴🇲 🇹🇲 pic.twitter.com/Rxs8p2o3jU
— #AsianCup2019 (@afcasiancup) 11 dekabrya 2018 g.
Shuningdek, O‘zbekistonning guruhdagi raqiblari uchun shior tanlangan.
Quyida O‘zbekiston terma jamoasi raqiblarining shiorlarini keltirib o‘tilgan:
“F” guruhi
Yaponiya: “Barchani hurmat qilib, hech kimdan qo‘rqmay”
O‘zbekiston: “Biz shu yerdamiz. O‘zbekiston”
Ummon: “4 million yurak, bitta orzu”
Turmaniston: “Yashil maydon, yashil jamoa, yashil Turkmaniston”
Kelasi yilning 5-yanvar-1 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida Osiyo Kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi “F” guruhida Ummon, Turkmaniston va Yaponiya terma jamoalariga qarshi kurash olib boradi.