TOShKENT, 11 dek - Sputnik. Instagram ijtimoiy tarmog‘ida ovozli xabarlar bilan almashish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu haqda kompaniyaning Twitter sahifasida ma’lum qilingan.
Starting today, you can send voice messages in Direct. Talk the way you want to be heard, whether by whispering what you’re up to or shouting a compliment. pic.twitter.com/3rkdQneNXO
— Instagram (@instagram) 10 dekabrya 2018 g.
Ovozli xabar yuborish uchun Direst᾽dagi mikrofon tugmachasini bosib, uni ovozli xabarni yozish vaqtida ushlab turish kerak bo‘ladi.
Ovozli xabarning maksimal vaqti esa bir daqiqani tashkil qilishi ma’lum qilingan.
Yozuvlarni bir necha marta eshitish mumkin, ular xabarlar tarixidan o‘chib ketmaydi.
Instagram 2010-yilning oktabr oyida paydo bo‘lib, butun dunyoga mashhur bo‘lib ketdi. Joriy yilning iyun oyida Instagram foydalanuvchilari soni bir milliardga yetdi.