“Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortining ochilish marosimi keyingi yilga qoldirildi

© Oleg BrovkoAlpinisti v gorax
Alpinisti v gorax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Elektr energiyasini yetkazib berish va avtomobil yo‘llari qurilishidagi muammolar bunga sabab bo‘lgan.

TOShKENT, 10 dek - Sputnik. O‘zbekistondagi birinchi eng yirik “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortini kelasi yil ochishni taklif qilishmoqda, deb xabar berdi O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

15 dekabr kuni birinchi bosqich yakunlanib, shu kunning o‘zida Amirsoy dam olish maskanining ochilishi rejalashtirilgan edi. Biroq yuzaga kelgan qiyinchiliklar tufayli kurort ochilishi keyinga suriladi. Elektr energiyasini yetkazib berish va avtomobil yo‘llari qurilishidagi muammolar bunga sabab bo‘lgan.

Kelgusi yil O‘zbekistonda 7 ta yangi suv omobori quriladi – Shavkat Mirziyoyev

“Xususan, joriy yilning 7-dekabrida qurilishning birinchi bosqichiga muvofiq chang‘i kompleksiga olib boradigan yo‘lni qurish bo‘yicha tayyorgarlik ishlarining 92 foizi yakunlangan”, - deyilgan xabarda.

Loyiha uch bosqichdan iborat – turli darajadagi murakkab tog‘-chang‘i trassa tarmoqlari, 7 ta dor yo‘li, snoubord-parki va yaxmalak maydonchalarini qurish. Loyihaning ilk bosqichi 2 ta dor yo‘li qurilishini o‘z ichiga oladi.

Yangiliklar lentasi
0