TOShKENT, 10 dek – Sputnik. Rossiyaning Orenburg shahrida “Orenburg - Yevroosiyo yuragi” turistik festivali bo‘lib o‘tdi, viloyat rasmiy saytiga asosan.
Unda Rossiya va MDHning bir necha shaharlari o‘zlarining turistik salohiyatini namoyish etishdi. Festival doirasida bir necha nominatsiyalar bo‘yicha qisqa metrajli filmlar ko‘rik tanlovi ham bo‘lib o‘tdi.
“Hududlar taqdimoti” nominatsiyasi bo‘yicha Rossiya va O‘zbekiston ijodkorlari tomonidan suratga olingan “Buxoro” va “Elbrusgrad” qisqa metrajli filmlari g‘olib deb topildi", - deyilgan xabarda
Ikkinchi o‘rinda “Otshelnik” va “Kislovodsk: gorod-park” filmlari g‘olib deb topildi.
Festival doirasida, shuningdek “Eng yaxshi dam olish maskani”, “Eng yaxshi sog‘lomlashtirish obyekti”, “Eng qiziq tarixiy obida” kabi tanlovlar bo‘lib o‘tdi.