Boks: Rossiya dunyo terma jamoasiga qarshi ringga chiqdi

© PhotoxpressBoks, bokserskie perchatki
Boks, bokserskie perchatki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Boks bo‘yicha Rossiya va dunyo  terma jamoasi uchrashuvi 6:2 hisobda rossiyalik bokschilar g‘alabasi bilan yakunlandi.

TOShKENT, 10 dek – Sputnik. Kecha Moskvada boks bo‘yicha antiqa turnir bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya terma jamoasi dunyo terma jamoasiga qarshi ringga chiqdi, RIA Novosti xabariga asosan.

Vatan Qahramonlari kuniga bag‘ishlangan ushbu maxsus turnirda 3 nafar O‘zbekistonlik bokschilar ham ishtirok etishdi.

Rossiya – dunyo  turniri 6:2 hisobda rossiyalik bokschilar g‘alabasi bilan yakunlandi. 

Janglar natijalari quyidagicha bo‘ldi:

52 kg. Tamir Galanov (Rossiya) Xasanboy Do‘smatovga (O‘zbekiston) yutqazdi

57 kg. Albert Batirgaziyev (Rossiya) Chatchaya Butdini (Tailand) yutdi

63 kg. Aleksey Mazur (Rossiya) Oganes Bachkovni (Armaniston)yutdi

69 kg. Shaxabas Maxmudov (Rossiya) Iqboljon Xoldorovni (O‘zbekiston) yutdi

75 kg. Gleb Bakshi (Rossiya) Osleysu Iglesias Estradaga (Kuba) yutqazdi

81 kg. Imam Xatayev (Rossiya) Xulio Sezara de la Krusni (Kuba) yutdi

91 kg. Muslim Gadjimagomedov (Rossiya) Erislandi Savonni (Kuba) yutdi

91+kg. Ivan Verasov (Rossiya) Lazizbek Mullajonovni (O‘zbekiston) yutdi

 

Yangiliklar lentasi
0