TOSHKENT, 9 dek – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev dehqon va fermerlarni Oʻzbekistonda ilk bor nishonlanayotgan kasb bayrami bilan tabrikladi, prezident matbuot xizmatiga asosan.
Tabrik soʻzidan prezident bu yil ogʻir kelgan tabiiy sharoitlarni qayd etib oʻtdi.
“Haqiqatan ham, tabiat injiqliklari – bahorning quruq kelgani, kutilmagan jala va boʻronlar, yoz faslidagi kuchli suv tanqisligi, jazirama issiq, turli hasharot va kasalliklar ekin-tikinlarga katta xavf tugʻdirgani, kuzda esa yogʻin-sochinlarning barvaqt boshlangani mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi xodimlarini yana bir bor jiddiy sinovdan oʻtkazdi,- dedi prezident.
Ushbu murakkab sharoitlarga qaramasdan, dehqonlarning mardona mehnati bilan umumiy qiymati 58 trillion 181 milliard soʻm ($ 7 mlrd. koʻproq) hosil yetishtirilganini ham aytib oʻtdi.
“Yurtimiz boʻyicha 6 million 124 ming tonna gʻalla, 2 million 300 ming tonna paxta, 8 million 661 ming tonna sabzavot, 2 million 411 ming tonna kartoshka, 1 million 607 ming tonna poliz mahsulotlari, 2 million 100 ming tonnaga yaqin meva, 1 million 314 ming tonna uzum, 18 ming tonna pilla, 1 million 789 tonna goʻsht, 7 million 830 ming tonna sut tayyorlashga erishganingiz tahsinga loyiq”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Oʻz tabrik soʻzida prezident shuningdek dehqonlarga berilayotgan kreditlar miqdori 142 %ga oshgani, “Obod qishloq” dasturi boʻyicha 416 ta qishloqlarda obodonlashtirish ishlari olib borilayotgani va 2 millionga yaqin aholi uchun yangi uy-joylar, tabiiy gaz, elektr, ichimlik suvi tarmoqlari, ravon yoʻllar, maktab va bogʻchalar, shifo maskanlari, madaniyat va sport inshootlari qurilayotganini aytib oʻtdi.