Jamiyat

RJD “Qozon – Toshkent” yoʻnalishida poyezdlar qatnovini boshladi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka oʻtishJeleznodorojnыy vokzal v Kazani
Jeleznodorojnыy vokzal v Kazani - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
"Qozon - Toshkent" yoʻnalishidagi RJDning birinchi poyezdi 11 dekabr kuni yoʻlga chiqadi.

TOSHKENT, 9 dek – Sputnik. Rossiya Temir yoʻllari (RJD) 11 dekabrdan “Qozon – Toshkent - Qozon” yoʻnalishida poyezdlar qatnovini yoʻlga qoʻydi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"2018/2019 yilgi poyezdlar qatnovi yangi jadvali 9 dekabr soat 00:00 dan boshlab kuchga kirdi. Unga koʻra, bir necha xorijiy yoʻnalishlarga, jumladan Toshkentga ham doimiy poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan", - deyilgan xabarda. 

Yangi jadvalga koʻra “Qozon – Toshkent” va “Toshkent – Qozon” yoʻnalishlarida poyezdlar haftasiga bir marotabadan qatnaydi. Poyezdlar Qozondan seshanba kunlari, Toshkentdan - shanba kunlari yoʻlga chiqadi.

316F, Qozon – Toshkent 23:55 – 05:00 (yoʻlda 3 sutka 3 soat 5 daqiqa)    

315 F, Toshkent  - Qozon 03:50 – 06:10 (yoʻlda 3 sutka 4 soat 20 daqiqa)

Shuningdek, RJDning 2018/2019 yilga yangi jadvaliga “Tomsk – Karaganda”, “Minsk – Kazan” kabi yangi yoʻnalishlar ham kiritilgan. Undan tashqari Rossiya kompaniyasi Finlyandiya, Germaniya, Frantsiya, Polsha, Avstriya, Chexiya, Italiya va Xitoy bilan temiryoʻl qatnovlarini amalga oshiradi.

Yangiliklar lentasi
0