Dunyoda

Lionel Messi 15 million yevroga xususiy samolyot sotib oldi

© Urgente24Samolet Messi
Samolet Messi  - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Lionel Messi Ispaniya va Argentina orasida parvoz qilish uchun 15 million yevroga samolyot sotib oldi.

TOSHKENT, 9 dek – Sputnik. “Barselona” futbol jamoasi kapitani  Lionel Messi 15 million yevroga samolyot sotib oldi, deb xabar qilmoqda Argentina OAVlari.

Xabarda aytilishiga koʻra, Messi ushbu samolyotni Ispaniyadan Argentinaga borib kelib turish uchun xarid qilgan. "Gulfstream V" samolyotida 4 ekipaj aʼzosi va 16  ta yoʻlovchi olishi mumkin. Xususiy samolyot ichida vanna va ovqatlanish xonalari bor. Ayni damda samolyot Buenos-Ayres shahri aeropakida turibdi.

Messi xohishiga koʻra, samolyotning dum qismida uning oʻyin raqami "10" va zinapoyalarida Messining rafiqasi va bolalarining ismlari yozilgan.

​“Gulfstream V” turdagi samolyotlar Gulfstream Aerospace kompaniyasi tomonidan dastlab 1995 yilda ishlab chiqarila boshlagan.  Samolyoti  ikkita reaktiv dvigateli bilan jihozlangan boʻlib, uning uchish uzoqligi 12 000 km, uchish balandligi 16 km gacha yetishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0