"Kavkaz asirasi" Leonid Gayday syomka vaqtida unga shilqimlik qilganini aytib berdi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishNatalya Varley
Natalya Varley - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Varleyning so‘zlariga ko‘ra, u rejissorning shilqimligiga qarshilik ko‘rsatgan, va Gayday bu uchun Ninaga filmda boshqa aktrisa ovoz beradi, degan qarorni qabul qilgan

TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Aktrisa Natalya Varley "Kavkaz asirasi" filmining suratga olinishi davomida rejissor Leonid Gayday tomonidan sodir etilgan shilqimliklar haqida ommaga e’lon qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.

"O‘zining "Dorboz ayol" nomli avtobiografik kitobida Varley Gayday kunlarning birida uni mehmonxonagacha kuzatishga qaror qilgani va uning xonasiga kirgani haqida yozgan. Kutilmaganda ularning xonasiga Gaydayning rafiqasi Nina Grebeshkova kirib qoladi. Varley ayolga ular ishni muhokama qilishayotganini aytadi va Grebeshkova sukut saqlagancha nomerni tark etadi.

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishAktrisa Natalya Varley v roli Nini v filme Leonida Gaydaya "Kavkazskaya plennitsa" (rekadrirovanniy).
Kavkaz asirasi Leonid Gayday syomka vaqtida unga shilqimlik qilganini aytib berdi - Sputnik O‘zbekiston
Aktrisa Natalya Varley v roli Nini v filme Leonida Gaydaya "Kavkazskaya plennitsa" (rekadrirovanniy).

"Leonid Iovich kreslodan ko‘tarilib, eshik tomon yurdi, men esa eshikni yopish uchun uning ortidan bordim. Ammo Gayday kutilmaganda eshikni ichkaridan yopdi, menga tomon burildi va o‘pishga harakat qildi", - deb yozadi Varley.

Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, u Gaydayga qarshilik ko‘rsatadi va uni nomerdan itarib chiqarib, eshikni qulflab qo‘yadi.

Ertasi kuni Gayday o‘zini hech narsa bo‘lmagandek tutgan. Ammo keyinchalik Nina roliga aktrisa Nadejda Rumanseva ovoz berishi haqida qarorni qabul qilgan.

"Kavkaz asirasi, yoki Shurikning yangi sarguzashtlari" komediyasi 1966-yilda suratga olingan. Rejissor Leonid Gayday 1993-yilda vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0