Alisher Usmonovning kriminalga aloqasi yo‘q: Basman sudi qarori

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishOsnovatel "USM Holdings", prezident Mejdunarodnoy federatsii fextovaniya Alisher Usmanov
Osnovatel USM Holdings, prezident Mejdunarodnoy federatsii fextovaniya Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiya milliarderi Alisher Usmonovning kriminal avtoritet - Shakro Molodoy bilan aloqalari haqidagi maqolalar Rossiya hududida tarqatilishi ta’qiqlandi

TOShKENT, 8 dek - Sputnik. Moskva Basman sudi kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiya milliarderi Alisher Usmonovning internetdagi uchta maqolani blokirovka qilish hamda keltirilgan ma’naviy zarar uchun boj to‘lash bo‘yicha davosini qanoatlantirdi. Bu maqolalarda biznesmen Usmonov kriminal avtoritet Shakro Molodoy (Zaxariy Kalashov) va boshqa jinoiy uyushmalar bilan aloqadorligi bayon etilgan.

Chudo prodoljayetsya: Usmanov poblagodaril Putina ot vsego uzbekskogo naroda  - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonov Putinga butun o‘zbek xalqi nomidan rahmat aytdi

Milliarder Alisher Usmonov Russian Criminal (rucriminal.com) saytida chop etilgan "Alisher Usmonov. "Avtoritet", "Alisher Usmonov Shakro ishida", hamda o‘zbek uyushgan jinoiy guruhlari bilan bog‘liqligi bayon etilgan maqolalarni olib tashlash, ularga raddiyaberish va Rossiya hududida ushbu materiallarni tarqatishni ta’qiqlash talabi bilan sudga murojaat qilgan.

Bundan tashqari, Usmonov sayt ma’muridan yetkazilgan ma’naviy zarar uchun 50 ming rubl undirishni talab etgan.

Maqolalardan birida Usmonovning Shakro bilan bo‘lgan uchrashuvi, va unda milliarder kriminal avtoritet oldida "o‘zini oqlashga majbur bo‘lgani" to‘g‘risida gapirilgan.

"Ushbu gapdan da’vogar jinoiy elitaga mansub, degan ma’no kelib chiqmoqda, bu undaymasligi ayon", - deb aytgan Usmonovning yuristi. Materialga Usmonovning sudlanmaganligi haqidagi ma’lumotnoma va biznesmenning xayriya ishlari bilan shug‘ullanishini dalillovchi hujjatlarni ilova qilgan.

Usmonov da’vosi bo‘yicha sayt egasi Aleksey Volkov va Roskomnadzor javobgar bo‘lgan. Usmonov Roskomnadzordan uning sha’nini bulg‘ovchi ma’lumotlarni tarqatishni ta’qiqlashni talab qilgan.

Sud tarqatilayotgan ma’lumotlarni shaxs nomiga dog‘ tushiradi, deb tan olgan va Aleksey Volkovga Alisher Usmonov haqida rucriminal.com saytida tarqatilgan maqolalarga raddiya berish majburiyatini yuklagan, Volkov shuningdek, sud qaroriga ko‘ra, Usmonov foydasiga 50 ming rubl tovon puli to‘lashi kerak bo‘ladi.

Chop etilgan maqolalar Rossiya Federatsiyasi hududida tarqatilishi ta’qiqlangan ular blokirovka qilinadi yoki olib tashlanadi.

Yangiliklar lentasi
0