“Samarqand” obligatsiyalari London fond birjasida joylashtirildi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishMoneti i denejnie znaki, arxivnoe foto
Moneti i denejnie znaki, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Obligatsiyalarni joylashtirishdan olingan mablag‘lar “Ipak Yo‘li” AITB banki tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

TOShKENT, 7 dek – Sputnik. Shu yil 5-dekabrida Xalqaro Moliya Korporatsiyasining (XMK) navbatdagi, milliy valyutada ifodalangan “Samarqand” obligatsiyalari London fond birjasida (London Stock Exchange) joylashtirildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi.

Muddati 1-yil bo‘lgan obligatsiyalarning umumiy qiymati – 123 mlrd. so‘m, foiz stavkasi esa 9,45%ni tashkil etadi.

Obligatsiyalarni joylashtirishdan olingan mablag‘lar “Ipak Yo‘li” AITB banki tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Bundan oldin XMK London fond birjasida uch marta - muddati 2-yil, umumiy qiymati 240 mlrd. so‘m bo‘lgan "Samarqand" obligatsiyalarni 9,45%-9,5% stavkalari bilan joylashtirgan edi.

Olingan mablag‘lar "Hamkorbank" ATB bankining kichik biznes subyektlari loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0