TOShKENT, 7 dek - Sputnik. Parijning asosiy diqqatga sazovor bo‘lgan joylaridan biri Eyfel minorasi 8-dekabr, shanba kuni mehmonlarni qabul qilishni to‘xtatadi. LaTourEiffel᾽ning Twitter᾽dagi sahifasida aytilishicha, mazkur qaror xavfsizlikni ta’minlash maqsadiga qabul qilingan. Chunki 8-dekabr kuni Parijda yonilg‘i narxining oshishiga qarshi norozilik aksiyasi bo‘lib o‘tadi.
🇫🇷 En raison des manifestations annoncées à #Paris, je serai fermée au public toute la journée du #8Decembre. ⚠
— La tour Eiffel (@LaTourEiffel) 6 dekabrya 2018 g.
Demain, une attente importante est à prévoir pour les visiteurs souhaitant acheter un billet sur place.
▶ Tenez-vous au courant : https://t.co/5jhY561sRB pic.twitter.com/U6G64ZPJdD
Ma’muriyat shu sanaga chipta xarid qilganlarga pullarini qaytarishga va’da berdi.
So‘z yonilg‘i narxining oshishiga qarshi norozilik bildirayotgan “sariq nimchalilar” to‘g‘risida bormoqda. Ommaviy norozilik namoyishlari noyabr oyi o‘rtalarida boshlangan edi. Faollar yo‘llarni yopib qo‘yib, benzin narxining oshishiga qarshi chiqmoqda. Parijda 1-dekabr kuni politsiya va yonilg‘i narxining oshishiga qarshi norozilik bildirayotgan “sariq nimchalilar” o‘rtasida yangi to‘qnashuvlar yuz bergandi.