TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Korxonaning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Shahriobod (Du700) ko‘chasi bo‘ylab 1-IMdan issiqlik tarmoqlarida avariya o‘zining foydalanish muddatini o‘tab bo‘lgan issiqlik tarmog‘ining uzatib beruvchi quvurida yorilish bo‘lganligi sababli kelib chiqqan, deb xabar qildi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.
“TOSHISSIQQUVVATI” DUK xodimlari tomonidan shu kabi xodisalar sodir bo‘lmasligi uchun barcha zaruriy choralar ko‘rilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Korxona bergan ma’lumotga ko‘ra, avariya navbatchi brigadalar va isitish mavsumida shaharning issiqlik ta’minotini joyida uzluksiz ta’minlash uchun maxsus texnika yordamida soat 23:00 da bartaraf etilgan.
Ma’muriyat keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.