Juda ham chiroyli: Indoneziya talabalari O‘zbekiston madhiyasini jonli ijro etishdi - video

© Sputnik / Fayed El-Geziri / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Djakarta
Goroda mira. Djakarta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Videorolik O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Indoneziyaning “Gunadarma” universiteti hamkorligida taqdim etilgan.

TOShKENT, 7 dek – Sputnik. Indoneziyaning eng taniqli va mashhur “Gunadarma” talabalar xori O‘zbekiston davlat madhiyasini jonli ijro etdi. Bu haqda videorolik Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi guruhlardan birida joylashtirildi.

Videorolik O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Indoneziyaning “Gunadarma”  universiteti hamkorligida taqdim etilgan.  

O‘zbekistonliklar bu video ostida ko‘plab izohlarni yozishmoqda.

“Katta rahmat, Indoneziya davlati va xalqiga yanada mehrim oshdi”, - deb yozgan Shuhrat Ulughodjaev.

Mahmud Narziev esa “Juda ham chiroyli chiqibdi, rahmat Indoneziya!”, deya qo‘shimcha qilgan.

Yangiliklar lentasi
0