O‘zbekistondagi yangi "zagranpasport" qanaqa bo‘ladi?

© Podrobno.uzNachalnik stolichnogo Upravleniya migratsii i oformleniya grajdanstva podpolkovnik Kudrat Yuldashev rasskazal o novom zagranpasporte
Nachalnik stolichnogo Upravleniya migratsii i oformleniya grajdanstva podpolkovnik Kudrat Yuldashev rasskazal o novom zagranpasporte - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi hujjatni 2019-yilning 1-yanvaridan olish mumkin

TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Yangi xorijga chiqish pasporti - 48 varoqdan iborat, jigarrang hujjat bo‘lib, O‘zbekistonning tarixiy yodgorliklari bilan bezatilgan bo‘ladi, deb xabar qilmoqda Podrobno.uz nashri.

Uzbekskiy pasport - Sputnik O‘zbekiston
Pasport tizimi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritildi

Shuningdek, hujjat bezagida suv belgilari, sakkizburchakli pentagramma, rangi almashadigan bo‘yoq, muar effekti, metallashgan himoya ipi va laminatsiya qilingan plenkadan foydalaniladi.

Hujjatga elektron chip o‘rnatilgan bo‘ladi.

Yangi xorij pasportini olish uchun biometrik ma’lumot olish uchun 12ta yangi stansiyalar o‘rnatish rejalashtirilgan, dedi O‘zbekiston IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi rahbari Qudrat Yo‘ldoshev.

Ularning har biri kuniga 180-200 kishiga xizmat ko‘rsatishi kutilmoqda.

Hozirda Toshkentda 20ta shunday stansiya faoliyat yuritmoqda.

Yangi hujjatni olish uchun fuqarolar yashash manzili bo‘yicha IIV organlariga murojaat etishlari, anketa-arizani to‘ldirishlari, fotosurat, pasport nusxasi va voyenkomatdan ma’lumotnoma (harbiy xizmat majburiy bo‘lgan shaxslar uchun) topshirishlari kerak bo‘ladi.

Davlat boji - eng kam ish haqining 150%ni tashkil qiladi. Hujjat 10 kun o‘tgach tayyor bo‘ladi.

Voyaga yetmaganlar yangi pasport bilan 5-yilgacha, 16 yoshdan kattalar - 10-yil muddatgacha chegarani kesib o‘tishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0