Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgda nimalarni muhokama qiladi?

© Press-slujbaShavkat Mirziyoyev pribil v Sankt-Peterburg
Shavkat Mirziyoyev pribil v Sankt-Peterburg - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev MDH davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida qatnashish uchun Sankt-Peterburgga keldi.

TOShKENT, 6 dek – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev MDH davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida qatnashish uchun Sankt-Peterburgga keldi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

“MDH davlatlari rahbarlari uchrashuvi norasmiy muhitda bo‘lib o‘tadi. Rahbarlar uchrashishadi, o‘z davlat bayroqlari oldida rasmga tushishadi. Undan so‘ng o‘zaro norasmiy muloqot boshlanadi. Unda MDH vakillari istalgan mavzuni ko‘tarishlari mumkin. Uchrashuv do‘stona tushki ovqat bilan bir vaqtda o‘tkaziladi”, - dedi ushbu uchrashuv haqida Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov jurnalistlarga.

Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuv har yilning oxirida Rossiya tashabbusi bilan tashkil etiladi. An’anaga ko‘ra MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi YeOIIning Oliy iqtisodiy kengashi bilan bir vaqtda o‘tkaziladi. 

MDH davlatlarining bu yilgi noramiy uchrashuvida Belarus, Armaniston, Ozarbayjon, Moldova, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari ishtirok etadi.

Yangiliklar lentasi
0