Harbiy xizmatga chaqiruv bahor oylariga ko‘chirilishi mumkin

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaV voyska Minoboroni Uzbekistana peredana novaya voyennaya texnika i voorujenie
V voyska Minoboroni Uzbekistana peredana novaya voyennaya texnika i voorujenie  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Deputatlar harbiy xizmatdan oldin o‘tkaziladigan tibbiy ko‘rikning mutlaqo yangi, samarali tizimini yaratishni taklif qilishdi.

TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Kecha, 5-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining prezident Shavkat Mirziyoyev belgilab bergan mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlash bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqadigan vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishi o‘tkazildi, deb xabar qildi O‘zbekiston Oliy Majlisi matbuot xizmati.

Majlisda xususan, harbiy xizmatga chaqiruvni bahor oylariga ko‘chirish, harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishning mutlaqo yangi, samarali tizimini yaratish, harbiy xizmatchilarning oila a’zolarini ishga kafolatli joylash, harbiy ta’lim muassasalari o‘quv dasturlarini takomillashtirish hamda mohir lashkarboshi bobolarimiz haqida ilmiy tadqiqotlar, badiiy kitoblar, kinolar yaratish kabi masalalarning tashkiliy-huquqiy yechimini ishlab chiqish, shu maqsadda qonun hujjatlariga zarur o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.   

Shuningdek, o‘tgan davr mobaynida yangilangan Mudofaa doktrinasi, Qurolli Kuchlarni isloh qilish bo‘yicha prezident farmon va qarorlari ijrosi bo‘yicha Mudofaa vaziri o‘rinbosarining axboroti eshitildi.

Muhokamalar jarayonida deputatlar prezident tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda parlament a’zolarining roli, shu jumladan, islohotlarning mustahkam huquqiy asoslarini yaratish, deputatlarning harbiy xizmatchilar bilan muntazam muloqotini yo‘lga qo‘yish, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda deputatlik korpusi imkoniyatlaridan keng foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratishdi.

Yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining tegishli qarori qabul qilindi.

Yangiliklar lentasi
0