TOSHKENT, 6 dek – Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan GM Uzbekistan bir qator modellarga bayram chegirmalarini eʼlon qildi, deyilgan kompaniya rasmiy xabarida.
Faqat 6, 7 va 8 dekabr kunlari xaridorlar respublikamizning barcha dilerlik markazlarida GM Uzbekistan avtomobillarini qulay shartlarda xarid qilishlari mumkin. Bunda oldindan 100 foiz toʻlovni amalga oshirgan xaridor Chevrolet Malibu avtomobili uchun 9 061 866 million soʻmgacha, Lacetti uchun 3 858 136 soʻmgacha chegirmaga ega boʻladi.
Xabarda shuningdek chegirmalar faqat Chevrolet Malibu va Chevrolet Lacetti avtomobillariga amal qilishi va avtomobillar soni chegaralangani aytib oʻtilgan.