TOShKENT, 5 dek – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Trampning advokatlari porno aktrisa Stormi Deniyels (hozirgi ismi – Stefani Klifford)dan 800 ming dollar atrofidagi mablag‘ni, ya’ni sud va huquqiy harajatlarni qoplash berilishi maqsadida sudga murojaat qilishdi. Stormi bundan avval Trampga qarshi tuhmat qilish bo‘yicha ariza topshirgandi. Bu haqda RIA novosti Fox News telekanaliga asosan xabar qildi.
Telekanalning ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh prezidenti advokati Chalz Xarder uning firmasi Deniyels ishi bo‘yicha Trampni himoya qilish uchun 500 soatdan ortiq vaqt sarflagan va sud harajatlari esa 390 ming dollarni tashkil qilgan.
Shuning uchun advokat suddan soat va sud harajatlariga teng bo‘lgan pullarni Deniyels tomonidan to‘lanishi tayinlashni so‘ragan. Bu “qayta shikoyat arzlarini yozilishi va yengiltak ishlar bo‘yicha bo‘hton ma’lumotlarni tarqatish” oldini olish uchun qilinayotganligini aytiladi.
Sudya Djeyms Otero hozircha bu advokat talabnomasi bo‘yicha qaror chiqarmadi.
Porno aktrisaning advokati Maykl Avenatti Tramp advokatlarining talablari “be’mani va g‘azabni keltiradigan” deb izoh beradi.
“Siz shunchaki oddiy osmondan biron raqamni olib, mening mijozimni Donald Trampga bo‘ysunishga majburlashga harakat qilib, uni qo‘rqita olmaysizlar”, - dedi Aventati.
Aktrisa aprelda Nyu-Yorkda federal sudga shikoyat arizasini topshirgandi.
Deniyels arizasiga ko‘ra, Tramp unga 18-aprel kuni tuhmat qilgan, u Twitter orqali aktrisa AQSh yetakchisi bilan aloqalarni oshkor qilmasligi uchun unga tahdid qilish bo‘yicha firibgarlikda ishtirok etishini yozgan.
Deniyels va uning advokati sud hakamlari hay’ati tomonidan ko‘rib chiqilishi va unga yetkazilgan moddiy zarar qoplanishi talab qiladi. Oktabr oyida Nyu-Yorkda federal sud Trampga qarshi Deniyels arzini unga nisbatan tuhmat sababli ko‘rib chiqishni rad etadi.
Ilgari, aktrisa va Tramp o‘rtasida aloqalar uning Melanya bilan 2006-yilda to‘yidan keyin bir yildan o‘tgandan so‘ng bo‘lganligi haqida ma’lum qilingan. Avvalida porno aktrisa Tramp bilan aloqalari to‘g‘risidagi xabarni inkor qiladi. Biroq keyinchalik Klifford Los-Andjeles Oliy sudiga arz topshirganligi ma’lum bo‘ladi. Unda Tramp bilan aloqalarni oshkor etish haqidagi kelishuv haqiqiy emasligini ta’kidlangan. Aktrisa o‘z arizasida Tramp bilan aloqa 2006-2007 yillarda bo‘lganligini yozgan.