Telia kompaniyasi Coscomdagi o‘z ulushini O‘zbekiston Davlat raqobat qo‘mitasiga sotadi

© Kārlis DambrānsOfis TeliaSonera v Shvetsii
Ofis TeliaSonera v Shvetsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shvetsiyaning "Telia Sonera" kompaniyasi mamlakat bozoridan butunlay chiqib ketadi. Shartnoma qiymati 215 million dollarga baholanmoqda.

TOShKENT, 5 dek - Sputnik. Shvetsiyaning "Telia Sonera" xolding kompaniyasi Coscomdagi o‘z ulushini  O‘zbekiston Davlat raqobat qo‘mitasiga sotmoqda, deb xabar qildi RIA Novosti.

Logotip shvedskoy kompanii TeliaSonera - Sputnik O‘zbekiston
Gulnora Karimovaga pora bergan Telia kompaniyasi xodimlari ustidan sud boshlanadi

Kelishuv tartibga soluvchilarining tasdig‘isiz chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi, uning qiymati 215 million dollarni tashkil etadi.

Shvetsiya "Telia Sonera" kompaniyasining bosh direktori Yuxan Dennilendning ma’lum qilishicha, aktivlarni sotish kompaniyaning asta-sekinlik bilan Yevroosiyodan ketishi va Skandinaviya va Boltiq bo‘yidagi ishlarga intilishi to‘g‘risidagi qaror doirasida bo‘lib o‘tmoqda.

2017 yil sentabr oyida Shvetsiya prokuraturasi Telia sobiq uch nafar xodimining O‘zbekistonda 2007-2010 yillarda pora bo‘yicha ishini yakuniga yetkazdi. Ular o‘z ayblariga iqror bo‘lishmagan, ammo ushbu fosh etishlishi natijasija 2013-yilda kompaniya rahbariyati o‘zgarishiga olib keldi.

2007 yilda "Coscom" kompaniyasini Shvetsiyaning "Telia Sonera" kompaniyasi sotib olgandi. Bugungi kunda operator 7,1 million nafar abonentga ega.

Yangiliklar lentasi
0