Pillachilik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha imtiyozlar tasdiqlandi

© Sputnik / Vsevolod Tarasevich / Mediabankka o‘tishProverka shelkovichnix kokonov
Proverka shelkovichnix kokonov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar 2023-yil 1-yanvarga qadar mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashdan ozod etildi.

TOShKENT, 5 dek – Sputnik. Respublikada pillachilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi. 

Qaror bilan:

- 2019–2021 yillarda pillachilik tarmog‘i tashkilotlari tomonidan tomorqa yerlarida (aholi xonadonlarida) tut ko‘chatlari ekishni va parranda boqishni tashkil etishning maqsadli prognoz parametrlari;

- 2019–2021 yillarda pillachilik tarmog‘i tashkilotlari tomonidan ipak qurtini parvarishlash inshootlarini qurishning maqsadli prognoz parametrlari tasdiqlandi.

Proverka shelkovichnix kokonov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda uyda pilla yetishtiruvchilar daromad solig‘i to‘lamaydigan bo‘ldi

Qarorga muvofiq, 2019-yildan boshlab “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning pilla hosili uchun kontraktatsiya shartnomalarida belgilangan miqdorlardan ortiqcha pilla topshirilganida, 5 kilogrammgacha ortiqcha pilla hosili xarid narxiga nisbatan 15 foiz, 5 kilogrammdan yuqori bo‘lgan qismiga – 25 foiz miqdorida ustama to‘lash tizimi joriy etiladi.

Bundan tashqari, 2019–2021 yillarda ajratiladigan bank kreditlari foiz xarajatlarini qoplash uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan tijorat banklari tomonidan belgilangan kredit stavkasining 50 foizi, biroq 10 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda kompensatsiya taqdim etish tartibi o‘rnatiladi.

Shuningdek, qaror bilan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar 2023-yil 1-yanvarga qadar mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashdan ozod etildi.

Proizvodstvo rastitelnogo masla  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan paxta yog‘i uchun aksiz solig‘i undirilmaydi

2019–2020 o‘quv yilidan boshlab tarmoq tashkilotlari xodimlarini ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalaridagi “Ipakchilik va tutchilik” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi bo‘limlarga belgilanadigan qabul kvotalaridan tashqari to‘lov-kontrakt asosida test sinovlarisiz qabul qilish tartibi joriy etiladi. Bunda oliy ta’lim muassasalariga qabul:

- xodimning umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga va tarmoq tashkilotlarida kamida 3-yil amaliy ish stajiga ega bo‘lishi;

- kontrakt to‘lovi tarmoq tashkiloti tomonidan kafolatlangan holda amalga oshirilishi va xodim – bitiruvchining o‘qishni tamomlaganidan so‘ng 5-yil davomida tarmoq tashkilotida ishlab berishi sharti bilan amalga oshiriladi.

Shuningdek, 2019-yildan boshlab har yili Xalqaro ipakchilik forumi va “Ipak va Moda” (“Silk & Fashion”) xalqaro ipakchilik ko‘rgazmasi tashkil qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0