TOShKENT, 5 dek – Sputnik. Hukumat qarori bilan Baxodir Beshimovich Eshmuratov “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi etib tasdiqlandi.
2018 yil iyun oyida rahbar etib tayinlangan Sharifjon Tursunov noyabrda lavozimidan bo‘shatilgan edi. Uning ishdan ketish sababi noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati gaz taqsimlash tarmoqlarini rivojlantirish va ulardan foydalanish sohasida yagona siyosatni shakllantirish, respublika iste’molchilariga tabiiy gazni yetkazib berish va sotish bo‘yicha samarali boshqaruv tizimini yaratish, shuningdek, tabiiy gazdan oqilona foydalanish va gaz uchun to‘lov intizomini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan.