Toshkentda Koreyada ishlamoqchi bo‘lganlar uchun til markazi tashkil etildi

Obuna bo‘lish
"Koreys-o‘zbek koreys tili markazi" singari  o‘quv markazlari bosqichma-bosqich Farg‘ona, Qarshi, Nukus va respublikaning boshqa hududlarida tashkillashtiriladi.

TOShKENT, 4 dek - Sputnik. O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufidagi 2-sonli Toshkent yuridik kolleji binosida "Koreys-o‘zbek koreys tili markazi"ning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Zarubejnie strani: Yujnaya Koreya - Sputnik O‘zbekiston
Koreyada ishlaydigan migrantlar orasida o‘zbekistonliklar eng intizomli va tartibli

Qayd etilishicha, ushbu til markazi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi bilan Koreya inson resurslarini rivojlantirish instituti o‘rtasida 2018-yil 8-noyabrda tuzilgan hamkorlik Memorandumiga muvofiq Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va Koreya malakani rivojlantirish instituti hamkorligida tashkil etilgan.

"Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad Koreya Respublikasida ishlash istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini koreys tili va Koreyada eng ko‘p talab etiladigan mutaxassisliklar bo‘yicha kasblarga o‘qitish orqali ularning  Koreyada munosib ish topishlariga ko‘maklashishdir", - deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etilishicha, "Koreys-o‘zbek koreys tili markazi" singari  o‘quv markazlari bosqichma-bosqich Farg‘ona, Qarshi, Nukus va respublikaning boshqa hududlarida tashkillashtiriladi.

Yangiliklar lentasi
0