“Toshkent – Xiva” yo‘nalishida elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

© UzAElektropoyezd "Tashkent - Xiva"
Elektropoyezd Tashkent - Xiva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelajakda “Toshkent – Xiva” yo‘nalishida “Afrosiyob” tezurar poyezdlari qatnovini yo‘lga qo‘yish ham rejalashtirilgan.

TOShKENT, 4 dek – Sputnik. Kecha, 3-dekabrdan boshlab “Toshkent – Xiva” yo‘nalishida elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi, deb xabar qilmoqda O‘zA.

Raboti na jeleznoy doroge - Sputnik O‘zbekiston
Urganch - Xiva temir yo‘l liniyasi joriy yilda foydalanishga topshiriladi

Ushbu yo‘nalishda barcha qulayliklarga ega bo‘lgan birinchi poyezd Toshkentning Janubiy vokzalidan yo‘lga chiqdi. Kelajakda ushbu yo‘nalishda tezurar “Afrosiyob” poyezdlari qatnovini yo‘lga qo‘yish ham rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan haftada Xorazm viloyatiga bo‘lgan tashrifi chog‘ida “Xiva” temir yo‘l vokzalining yangi binosi va bu yerda yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishgan edi.

Xiva vokzali binosi Xorazm me’morchiligi uslubida qurilgan bo‘lib, u yerda  zamonaviy VIP zal, ona va bola xonasi hamda tibbiyot xonsi hamda 20 o‘rinli mehmonxona mavjud. Vokzalda 35 ishchi bir vaqtning o‘zida 200 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi.

Yangiliklar lentasi
0