Pul-kredit siyosatning uch yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari ishlab chiqildi

© SputnikKupuri nominalom patdesat tisach sumov
Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy bank tomonidan 2019–2021 yillarga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarida pul-kredit siyosati yuritishning asosiy va xatarli ssenariylari ishlab chiqildi.

TOShKENT, 4 dek – Sputnik. Monetar siyosatning uch yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari ishlab chiqildi, deb xabar qildi Markaziy bank matbuot xizmati.

Mujchina pereschitivayet dollari SShA, foto iz arxiva - Sputnik O‘zbekiston
Dollar yuqoriga, yevro esa pastga – O‘zbekiston valyuta kurslari

Pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlari dasturiy hujjat hisoblanib, u joriy makroiqtisodiy holat va tashqi iqtisodiy vaziyat tahlili, shuningdek tashqi va ichki sharoitlarning rivojlanish prognozlari asosida ishlab chiqilgan.

Mazkur hujjat o‘z ichiga, o‘rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatining maqsad va tamoyillari, pul-kredit sohasida amalga oshirilgan ishlar tahlili va kutilayotgan natijalar, makroiqtisodiy rivojlanish ssenariylari hamda o‘rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosati instrumentlarini takomillashtirish choralarini qamrab olgan.

“Ta’kidlab o‘tish joizki, kelgusi 2-3 yil davomida tartibga solinadigan narxlarning erkinlashishi iqtisodiyotda inflyatsion bosimning saqlanib turishiga sabab bo‘ladi. Kelgusida ularning inflyatsiyadagi hissasi kamayishi davlat ulushi mavjud monopol korxonalarni isloh qilish bo‘yicha chora-tadbirlarning samaradorligiga bog‘liq bo‘ladi”, - deyilgan hujjatda.

O‘rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatining muhim vazifalari sifatida inflyatsiya darajasini pasaytirish va inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish uchun asos yaratish, shu jumladan pul-kredit siyosati instrumentlari va transmission mexanizmlarini rivojlantirish kabi vazifalar belgilab olindi.

Markaziy bank tomonidan 2019–2021 yillarga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarida pul-kredit siyosati yuritishning asosiy va xatarli (muqobil) ssenariylari ishlab chiqildi.

Yangiliklar lentasi
0