Xonadonmi yoki ombor: Andijonda chegaradan noqonuniy olib o‘tilgan televizorlar aniqlandi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishTelevizori
Televizori - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xonadon yerto‘lasidan umumiy qiymati 25,7 mln. so‘mlik jami 41 dona rangli televizorlar borligi aniqlandi.

TOShKENT, 3 dek – Sputnik. Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi xonadonlardan birida chegaradan noqonuniy olib o‘tilgan 41 dona televizorlar borligi aniqlandi, deb xabar qildi bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.  

Krasniy i zeleniy koridori - Sputnik O‘zbekiston
Sariq, qizil, yashil va ko‘k yo‘lak: bojxona ko‘rigi faqat videokuzatuv ostida amalga oshiriladi

Xabarda aytilishicha, fuqaro T.D.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda xolislar ishtirokida xonadon egasining roziligi asosida ko‘zdan kechirildi.

Xonadon yerto‘lasidan muqaddam davlat chegarasidan noqonuniy ravishda olib o‘tilgan, umumiy qiymati 25,7 mln. so‘mlik jami 41 dona rangli televizorlar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur xolat yuzasidan bojxona tekshiruvlari o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0