Islom dini Xitoyga Tan sulolasi davrining boshlarida (618-907 yillar) shimoliy-g‘arbdan Sin-szan orqali va dengiz orqali janubiy-sharqdan kirib kelgan.
O‘sha davrda Xitoy musulmonlari asosan arab va forslardan tashkil topgan. Tan sulolasi davrida Xitoy ham Markaziy Osiyo, ham Arab podshohliklari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘ygan.
Bugunchi kunda Xitoyda 20 million nafar musulmonlar hayot kechirishadi. Ular kommunistik tuzum sharoitida o‘z dini va madaniyatini saqlash qolishga muvaffaq bo‘lishgan.
Masjidlar qurilishi, Hajga borish hamda nazariy asarlar tarjimasi va tadqiqoti Xitoyda islom dinining rivojlanishi va tarqalishining muhim usulidir. Islom Xitoyda tarqalgandan keyin asta-sekin Xitoy milliy madaniyatiga ega bo‘ldi. Shunday qilib, xitoycha o‘ziga xos bo‘lgan din paydo bo‘ldi.