TOShKENT, 3 dek – Sputnik. Yakshanba kuni Toshkent shahrida qidiruvga berilgan 14 yoshli o‘smir Visola Gafurova topilgan, deb xabar qilmoqda IIBB matbuot xizmati.
IIBB xabariga ko‘ra, u to‘rt kundan so‘ng sog‘-salomat holda qarindoshlarining uyidan topilgan. Qandaydir sabablarga ko‘ra bundan uning ota-onasi xabarsiz bo‘lgan.
“Maktab o‘quvchisi Toshkent viloyati, To‘ytepa tumanidan qarindoshlarining uyidan topilgan. Qandaydir noma’lum sabablarga ko‘ra ota-onasi qizining qayerdaligidan bexabar bo‘lgan. Bir necha kun qidirib topa olmaganlaridan so‘ng ular huquqni saqlash organlariga murojaat qilishgan”, - deyilgan xabarda.
Huquqni saqlash organlari qiz bolani topishda yordam bergan, befarq bo‘lmagan hamshaharlarga katta minnatdorlik bildirishmoqda.