TOShKENT, 3 dek - Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tenderda yutib olishni aytib, aldov yo‘li bilan 13 ming dollarni o‘zlashtirgan fuqaroni qo‘lga olishdi, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.
“Joriy yilning 29-noyabr kuni Toshkent viloyatining Piskent tumanida yashovchi A.Q. IIBga murojaat qilib, shu yil 9-sentabr kuni tuman markazida muqaddam sudlangan M.U. ismli tanishi unga “Temir yo‘l” qurilish firmasi tenderini yutib olishini aytib, aldov yo‘li bilan 13 000 AQSh dollarini olib, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma’lum qilgan”, - deyilgan xabarda.
Ko‘rilgan choralar natijasida gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.