TOShKENT, 3 dek - Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi KVN terma jamoasi xalqaro festivalda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi matbuot-xizmati.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari hamda harbiy xizmatchilaridan tarkib topgan "Sharq yulduzi" terma jamoasi Moskvada bo‘lib o‘tgan "Mudofaa vazirining KVN kubogi" xalqaro festivalida ishtirok etib, 2-o‘rinni egalladi.
Harbiy KVN o‘yinidagi g‘oliblikni Volsk shahridan bo‘lgan "Mahfiy qurol" ayollar jamoasi qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi o‘ringa uch jamoa — O‘zbekiston Mudofaa vazirligining "Sharq yulduzi" terma jamoasi, Krasnodarning "Top sekret" hamda Penzaning "Penzalik artileriyachilar" jamoasi munosib deb topildi.
Uchinchi o‘ringa Dalnevostok oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtining (Rossiya Federatsiyasi) "Ostorojno! DVOKU" jamoasi qo‘lga kiritdi.
Umumkiy hisobda KVN finalida sakkkizta jamoa ishtirok etdi. G‘oliblarga sovrinni Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu topshirdi.
Faxrli o‘rinni qo‘lga kiritgan harbiylar 2-dekabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.
Harbiy orkestr sadolari ostida yig‘ilganlar O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan Mudofaa vazirligi terma jamosini qutladilar.
Eslatib o‘tamiz, "Sharq yulduzi" terma jamoasi 2017-yilda Moskvada o‘tkazilgan "Hamdo‘stlik KVN" o‘yinlarida birinchi marta ishtirok etib, 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.