Toshkentda 52 nafar o‘zbekistonlik yonib ketgan avtobus egasi qo‘lga olindi

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovNaruchniki
Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘z vatanida 46 yashar erkak transportni sifatsiz ta’mirlaganlik va uni texnik nosozliklar bilan ekspluatatsiyaga chiqarganlikda ayblanmoqda

TOShKENT, 1 dek - Sputnik. Toshkentda shanba kuni ertalab 46 yashar Qozog‘iston fuqarosi qo‘lga olindi. Toshkent shahar IIBB xabar qilishicha, u 2018-yilning yanvar oyida 52 nafar o‘zbekistonlik yonib ketgan avtobusning egasi.

"Avtobus 46 yashar Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi O.M.ga tegishli bo‘lib, u huquqni muhofaza qilish organlariga kelmagan va tergovdan qochib yurgan. U "Transportni sifatsiz ta’mirlaganlik va uni texnik nosozliklar bilan ekspluatatsiyaga chiqarganlik" moddasi bo‘yicha ayblanmoqda", - deyiladi xabarda.

Tez orada gumonlanuvchi Qozog‘iston huquqni muhofaza qilish organlariga topshiriladi.

Bu vaqt oralig‘ida Qozog‘istonning Aqto‘be shahrida ushbu jinoiy ish yuzasidan sud jarayoni davom etmoqda. Noyabr oyi boshida besh nafar ayblanuvchiga nisbatan sud hukmi e’lon qilingan. Ular orasida avtobus haydovchisi va mexanik bor.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning yanvar oyida Aqto‘be viloyatining Samara-Shimkent trassasida Rossiyaga yo‘l olgan yo‘lovchilar avtobusi yonib ketgan. Yong‘in oqibatida Qozon shahriga ishlashga ketayotgan 52 nafar O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lishgan. pravlyalsya v Rossiyu.

Yangiliklar lentasi
0