Uzbekistan Airways Moskvaga chipta narxlarini pasaytirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPassajiri spuskayutsya po trapu v aeroportu Tashkenta
Passajiri spuskayutsya po trapu v aeroportu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Arzon chiptalarni 2018-yil 29-noyabrdan 2019-yilning 15-yanvargacha bo‘lgan reyslarga sotib olish mumkin.

TOShKENT, 30 noya - Sputnik. Uzbekistan Airways O‘zbekiston shaharlaridan Moskvaga uchish chipta narxlarini pasaytirdi.

Kompaniya matbuot xizmatida xabar berishlaricha, 2018-yil 29-noyabrdan 2019-yil 15-yanvargacha O‘zbekiston shaharlaridan Moskvaga uchish chiptalarining eng past narxi 100 yevroni, Moskvaga borib-qaytish chiptalari narxi esa 175 yevroni tashkil etadi.

Avvalroq "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK 2018-yil 30-dekabrdan 2019-yil 3-yanvarigacha Yangi yil bayrami munosabati bilan barcha ichki reyslar uchun chegirmalar e’lon qilgan edi.

Boeing dlya Uzbekiston xavo yullari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston havo yo‘llari 50%lik chegirmalar e’lon qildi

Bundan tashqari, “O‘zbekiston havo yo‘llari” tarkibidan “O‘zbekiston aeroportlari” AJ alohida kompaniya sifatida ajralib chiqishi haqida 27-noyabr kuni qabul qilingan prezident qarorida aytib o‘tilganligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Yangiliklar lentasi
0