Ukraina rossiyalik erkaklarni mamlakatga kirishini taqiqladi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Kiyev
Goroda mira. Kiyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukraina prezidenti Potr Poroshenko ushbu qarorni Moskvaga “Ukrainada alohida armiya otradlarini tashkillashtirishiga” to‘sqinlik qilish qadami, deb izohladi.

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Ukraina 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan Rossiyaning erkak fuqarolarini mamlakatga kirishini taqiqladi. Bu xaqda Ukraina prezidenti Potr Poroshenkoning Twitterdagi sahifasida ma’lum qilingan, RIA Novosti xabariga asosan.

Ukrainskie korabli, kotorie bili nakanune zaderjani rossiyskiim pogranichnikami - Sputnik O‘zbekiston
FXX Rossiya chegarasini buzgan Ukraina harbiy kemalarini namoyish qildi - video

Kiyev Moskvaga Rossiya fuqarolarining “2014 yilda rejalashtirgan operatsiyalarini sodir etishi”, “Ukrainada alohida armiya otradlarini tashkillashtirishiga” to‘sqinlik qilmoqchi.

Tegishli taklifni avvalroq Ukraina davlat chegarasi xizmati aytib o‘tgandi. Taqiqni harbiy holat vaqtida kiritish taklif qilingandi.

Bundan tashqari, 29-noyabrdan Ukrainaning Qrim bilan chegarasini faqat Ukraina hujjatlari bilan kesib o‘tish mumkin.

RIA Novosti xabar qilishicha, senator Frans Klinsevich Rossiya javob chorasi sifatida Rossiyaga 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan Ukrainaning erkak fuqarolari kirishi uchun taqiq kiritmaydi, deb ma’lum qilgan.

“Kiyev o‘zining bu qarorlari bilan bizni qarama-qarshi javob qaytarishga provokatsiya qilib, oshkora Rossiya bilan hamma aloqalarni uzmoqchi. Bu esa Rossiyada ishlayotgan millionlab ukrainaliklarga eng qattiq zarba bo‘ladi. Kiyev mamlakatimizdan bunday javobni kutmasin”, - deb senatorning so‘zlarini keltiradi uning matbuot xizmati.

Klinsevich Rossiyada prinsip jihatdan Ukraina hukumati va “bu hukumatning telbanamo harakatlaridan azob” chekmasligi kerak bo‘lgan Ukraina xalqini ajratishlarini ma’lum qildi.

Kecha Ukrainada 30 kun harbiy holat kiritish to‘g‘risidagi qonun kuchga kirdi. Ukrainada harbiy holat Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining uchta kemasi Rossiya chegarasini buzganligi sababli qo‘lga olgan hodisasidan keyin kiritildi. 

Yangiliklar lentasi
0