Rossiya elchisi: Toshkentdagi yodgorlikning olib tashlanishi O‘zbekiston siyosatiga zid

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovStroyasheyesya novoe zdanie maxallinskogo soveta na Darxane v Tashkente
Stroyasheyesya novoe zdanie maxallinskogo soveta na Darxane v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya diplomatik missiyasi Darxon mahallasida Ulug‘ vatan urushi qahramonlari xotirasiga qo‘yilgan yodgorlikning olib tashlanishi munosabati bilan poytaxt hokimiyatiga rasmiy xat yo‘lladi. Hozircha ma’muriyat javob xatini yuborgani yo‘q

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. O‘zbekistondagi RF elchixonasi Toshkentning "Darxon-3" mahallasida qurilish ishlari tufayli joyidan olib qo‘yilgan Ulug‘ vatan urushi qahramonlariga qo‘yilgan yodgorlik bilan bog‘liq voqeadan qattiq tashvishdaligini bildirdi. Diplomatik missiya Sputnik O‘zbekiston nashriga O‘zbekiston poytaxti hokimligiga tegishli maktubni yo‘llaganini ma’lum qildi.

Staroe zdanie maxallinskogo soveta na Darxane v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Ulug‘ vatan urushi qatnashchilari xotirasiga qo‘yilgan yodgorlik Darxon mahallasiga qaytadi

Rossiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Turdenev fikricha, Ulug‘ Vatan urushi qahramonlari xotirasi sharafiga qo‘yilgan yodgorlikni joyidan qo‘zhatmaslik ham mumkin edi, qurilish ishlariga monument halal bermagan.

"Mening qarorgohim shaharning mana shu hududida joylashgan va men bu aksiyaning tirik guvohiman. Mening nazarimda u O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati tomonidan Ulug‘ Vatan urushi yillarida o‘zbekistonliklarning jangovar va mehnat qahramonliklari xotirasini saqlab qolish bo‘yicha olib borilayotgan siyosatga zid", - deya izoh berdi elchi.

Ushbu munosabat bilan Rossiya diplomatik missiyasi rahbari Toshkent hukumatini yuz kelgan vaziyatga oydinlik kiritish va monumentni qayta tiklash bo‘yicha choralar ko‘rishga chaqirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0