Qirg‘izistonlik deputat O‘zbekiston fuqarolari uchun patent kiritishni taklif qildi

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov Deputat Kenjebek Bokoyev
Deputat Kenjebek Bokoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston JK deputati mamlakatda ishlayotgan o‘zbekistonliklar uchun patent kiritishni talab qildi.

TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Qirg‘iziston Jogorku Keneshi deputati Kenjebek Bokoyev mamlakatda ishlayotgan o‘zbekistonlik mehnt migrantlari uchun patent tizimi kiritishni taklif qildi.

Deputat aytishiga qaraganda Qirg‘izistonda 100 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarolari mehnat qilishmoqda.

“Qirg‘izistonliklar Rossiyada  patent asosida ishlaydi. Biz o‘zbekistonlik 100 ming nafar migrantlarni patent tizimiga o‘tkazsak bo‘ladi. Men Migratsiya xizmati bilan gaplashdim – ular rozi. Agar mehnat qilishga ruxsat 500 som bo‘lsa, bir oyda 50 million bo‘ladi. Bu bitta maktab narxi”, - dedi deputat.

Bokoyev aytishiga qaraganda, o‘zbekistonlik mehnat migrantlari kirish uchun chegarachilarga 2-5 ming som to‘lashmoqda.   

Sputnik izohi: Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi (YeOII) a’zolari bo‘lgan Belarus, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston fuqarolari Rossiyada ishlashi uchun patent rasmiylashtirish talab qilinmaydi. Ushbu mamlakat fuqarolari Rossiya fuqarolari kabi soddalashtirilgan tartibda ishga qabul qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0