Xorazm “Lazgi”si YuNESKO madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilishi mumkin

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrazdnovanie Navruza v Tashkente
Prazdnovanie Navruza v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Madaniyat vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi va Tashqi ishlar vazirligiga tegishli topshiriqni berdi.

TOShKENT, 29 noya — Sputnik. O‘zbekiston butun  dunyoga mashhur bo‘lgan Xorazm “Lazgi”sini “Xorazm raqsi – Lazgi” nomi ostida YuNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro‘yxatiga kiritmoqchi. Bu O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning  “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida keltirib o‘tilgan.

Shuningdek, Buyuk ipak yo‘lining O‘zbekistondan o‘tgan qismini “Ipak yo‘li: Zarafshon darosi vohasi” va “Ipak yo‘li: Farg‘ona – Sirdaryo havzasi” nomi ostida YuNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Xivadagi "Ichan qal’a" majmuasi, madaniyatlar chorrahasi -  Samarqand, Buxoro va Shahrisabzning tarixiy markazlari, shuningdek, Chotqol biosferasi YuNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. 

Shoshmaqom, Boysun madaniy makoni, Katta ashula, askiya, osh, Navro‘z, atlas va adras ishlab chiqarish texnologiyalari tashkilotning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0