Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining rahbariyati hibsga olindi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosh prokuratura Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘adi.

TOShKENT, 29 noya — Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining bir kator bandlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi, deb xabar qilmoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tergov harakatlari davomida Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi direktori R.I., agentlik direktori o‘rinbosari U.N., agentlik bo‘lim boshlig‘i A.A. va sho‘’ba mudiri O.M.ga nisbatan 2018-yil 16-noyabrda ayb e’lon qilinib, ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tergov siri nuqtayi nazaridan ish yuzasidan boshqa ma’lumotlarni oshkor qilish maqsadga muvofiq emasligi bildirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0