Shavkat Mirziyoyev 28-noyabr kuni Chirchiq dala o‘quv maydonida yuqori darajadagi jangovar shaylikka keltirilgan bo‘linmalarning maxsus-taktik mashqlarini kuzatdi.
Mudofaa vazirligi harbiy qismlarining jangovar tayyorgarligini kompleks tekshirish maqsadida 26-noyabr tongda “Trevoga!” signali berilgandi.
Shu paytgacha O‘zbekiston armiyasida bunday keng ko‘lamli to‘satdan tekshiruv o‘tkazilmagandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev poligon yonidagi harbiy qismda yaratilgan sharoitlarni, qurol-aslaha va texnikalarni ko‘zdan kechirdi.
Vatanparvarligi, professionalligi bilan alohida namuna ko‘rsatgan polkovnik Qodir Tursunovga avtomashina, harbiy xizmatchilarga planshetlar sovg‘a qilindi.