O‘zbekistonda “Favqulodda muhim oylik” e’lon qilindi

© Sputnik / StringerZajjenie gazovoy konforki
Zajjenie gazovoy konforki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
25 noyabridan – 25-dekabrga qadar O‘zbekistonda “Kuz-qish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish oyligi”  bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 28 noya — Sputnik. O‘zbekistonda “Kuz-qish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish oyligi” boshlandi, deb xabar qildi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati. 

Xabarda aytilishicha, ushbu  oylik is gazi hamda qarovsiz qoldirilgan hayvonlardan qutirish kasalligi yuqishining oldini olishga qaratilgan.  Qishki mavsum boshlanishi bilan fuqarolar xonadonlarni isitish masalasida har doim ham xavfsizlik qoidalariga rioya etishavermaydi.

“Sizlar bilan birgalikda, favqulodda vaziyatlarni oldini olishda va qish mavsumini betalofat o‘tkazishda jonbozlik ko‘rsataylik”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi o‘zining «Tezkor raqami»ni ishga tushirdi. (71) 245-90-50 yoki 1050 qisqa raqamiga tunu-kun murojaat qilish va malakali mutaxassislardan kerakli yordam va maslahatni olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, is gazidan zaharlanish holatlari so‘nggi vaqtlarda ko‘payib ketgandan so‘ng O‘zbekiston hukumatining “Aholi xonadonlarida isitish tizimi va yoqilg‘i mahsulotlaridan foydalanishda xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qaroriga ko‘ra maxsus Respublika komissiyasi tashkil qilingan edi.

 

 

Yangiliklar lentasi
0