Xivada kechayu kunduz ishlaydigan bankomatlar o‘rnatilmoqda

© Goskomturizma Respubliki UzbekistanBankomat v Xive
Bankomat v Xive - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turistlar va mahalliy aholi ushbu terminallar orqali milliy yoki chet el valyutasini yechib olishlari mumkin.

TOShKENT, 28 noya – Sputnik. Xivada Ichan qal’a hududida kechayu kunduz ishlaydigan bankomatlarni o‘rnatish boshlandi.

Dengi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda dollar kursi yuqoriladi, yevro esa pastladi

O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, yanvar oyining oxirigacha shaharda 28 ta qo‘shimcha terminallar paydo bo‘ladi. Bu bankomatlar orqali milliy yoki chet el valyutasini yechib olish mumkin.

Terminallar Visa, Mastercard, American Express, China Union Pay xalqaro to‘lov tizimi bank kartalarini qabul qiladi.

Bankomatlar O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “2017−2021 yillarda Xiva shahri va Xorazm viloyati sayyohlik salohiyatini kompleks rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘rnatilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0