“Narigi dunyo”ga shoshayotganlar: temir yo‘l kesishmasidagi ommaviy qoidabuzarlik videoga tushdi

© Sputnik / Aleksey MalgavkoJD pereyezd
JD pereyezd - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sabrsiz haydovchilar yo‘lning qarama-qarshi tomonga chiqib, poyezd o‘tishidan qo‘rqmasdan temir yo‘ldan shoshib o‘tib ketishadi.

TOShKENT, 28 noya – Sputnik. Facebookdagi “Voditeli Tashkenta” guruhida guruhida temir yo‘l kesishmasida olingan video qizg‘in muhokama qilinmoqda.

Videoda temir yo‘l kesishmasida avtomobillar va tez yordam mashinasi svetoforning harakatlanishga ruxsat berish signalini kutib, to‘xtab turganini ko‘rish mumkin.

To‘satdan ikkita avtomashina yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib, temir yo‘l kesishmadan shoshib o‘tib ketadi. Ular ortidan yana uchta mashina katta tezlikda o‘tib ketadi.

Bu holatni tirbandlikda turgan guvoh tasvirga oladi.

Ayni damda ushbu video ostida o‘zbekistonliklar ko‘plab izohlar yozishmoqda.

“Odamlarda sabr degan tushuncha yo‘q bo‘lib ketapdi. O‘z hayoti o‘zm uchun shunchalik qadrsiz”, - deb yozgan Valijon Mamurjonovich.

Orif Kuchkarov  esa “Yaxshilab shtraf qilinsa, aqli kiradi bularni, o‘zini hurmat qilmagan, boshqalarni hurmat qilmaydi” deb yozgan.

Video qachon va qayerda olinganligi yozilmagan. Biroq internet foydalanuvchilari bu temir yo‘l kesishmasi “Aeroport yo‘li”, “Massiv visokovoltniy”, “Slonima”, “Sergeli-4” deb izoh yozishgan.

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilingandi. Unga ko‘ra, huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni yuborgan shaxslar eng kam oylik ish haqining besh foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Yangiliklar lentasi
0