Shavkat Mirziyoyevning dekabr boshida Rossiyaga tashrifi kutilmoqda

© Sputnik / Aleksandr Galperin / Mediabankka o‘tishVidi Sankt-Peterburga
Vidi Sankt-Peterburga - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu yil 26-noyabrda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov va Rossiya Federatsiyasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vladimir Turdenev o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Joriy yil 6-dekabr kuni Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida MDH ishtirokchi davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham qatnashishi kutilmoqda.

Preduprejdayushie znaki na territorii Polesskogo gosudarstvennogo radiatsionno-ekologicheskogo zapovednika - Sputnik O‘zbekiston
MDH davlatlari yadroviy xavfsizlik haqida kelishib olishadi

Bu masala kecha, 26-noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov va Rossiya Federatsiyasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vladimir Turdenev o‘rtasida o‘tgan uchrashuvda muhokama qilingan.

“Uchrashuvda O‘zbekiston – Rossiya kun tartibining hamda Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tadigan MDH ishtirokchi davlatlari rahbarlari norasmiy uchrashuvining dolzarb masalalari muhokama qilindi”, deyilgan TIV xabarida.  

Shu bilan birga, suhbat chog‘ida xalqaro va mintaqaviy siyosatning ayrim masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Yangiliklar lentasi
0