Lavrov "Chegara bilmas reportorlar"ning navbatdagi tashabbusini tanqid qildi

Obuna bo‘lish
Chegara bilmas reportorlar jurnalistlar oq ro‘yxatini tuzish tashabbusini ilgari surmoqda

TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Rossiya "Chegara bilmas reportorlar" tomonidan jurnalistlar "oq ro‘yxati"ni shakllantirish bo‘yicha tashabbusidan tashvishda, deb bayonot qildi RF Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

Ministr inostrannix del Rossii Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston
Shpion mojarosi: Lavrov va Avstriya TIV rahbari muzokara o‘tkazdi

"Umuman olganda, biz G‘arbda, shu jumladan Yevropada "Chegara bilmas reportorlar" nomi ostida mashhur tuzilma tomonidan tashabbus qilinayotgan qator tashabbuslarning yashirincha emas, balki ochiqchasiga hayotga tatbiq etilayotganini tashvish bilan kuzatmoqdamiz. Bu g‘oyalar shundan iboratki, ular jurnalistikaga allaqanday ishonch indikatorlarini ishlab chiqishga qaratilgan, masalan "oq ro‘yxatlar" va hokazolar", - dedi Lavrov fransiyalik hamkasbi Jan-Iv Le Drian bilan seshanba kuni o‘tkazilgan uchrashuv davomida.

"Aksariyat hukumatlar bunday yondoshuvlarni qo‘llab-quvvatlay boshlaganliklari, biz siyosiy senzuraning bir turi bilan ish olib bormoqdamiz, degan yoqimsiz fikr tug‘dirmoqda. Biz global axborot kontentini biroqlama siyosiy yondoshuvlarga asoslangan siyosiy omillar asosida moderatsiya qilishga urinishlarini istamas edik", - dedi u.

Yangiliklar lentasi
0